Umumiy qoidalar


-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz


səhifə149/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz
yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan
xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq
bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir
yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz
soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan
faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p
2


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 135 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha
muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz o‘ttiz soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoki o‘n oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘qson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik
soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish juda ko‘p
miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
beshinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan
to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran
o‘ttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish
oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod etiladi.
(190-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin