Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish


səhifə59/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

90-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish,
ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning
o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan
jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga
halol munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar
shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab
bo‘linganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va
164-moddasi
.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan
qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan
mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli
qismi o‘tab bo‘linganidan keyin ushbu Kodeksning 
89-moddasida
nazarda tutilgan
qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida
yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 
60
va 
86-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 52 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
(90-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining 
uchinchi
qismi
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro
etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
472 — 480-
bandlari
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin