Umumiy qoidalar


 -modda. Tilanchilik qilish


səhifə86/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

127 -modda. Tilanchilik qilish
Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo
majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport
vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning
qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat
transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va
boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish,
shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan,
nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish,
shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop
moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan
iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 76 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
(127 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(127 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop
moddalarni iste’mol qilishga majburlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(127 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin