Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini 
Konstitutsiyaga
xilof tarzda
o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki
tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi
hududiy yaxlitligini 
Konstitutsiyaga
xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish,
shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki
tarqatish —
(159-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi
O‘RQ-37-son
 Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni
Konstitutsiyada
nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga
qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining
O‘zbekiston 
Konstitutsiyasida
nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini
tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan
bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib
tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti,
ko‘rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasining 
uchinchi qismi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin