Umumiy qoidalar


-modda. Chet el valyutasini yashirish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

178-modda. Chet el valyutasini yashirish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi
xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) g‘arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.


sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 
12-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
, ikkinchi qismining “
a
” va “
v
bandlarida nazarda
tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran
o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat
berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod
etiladi.
(178-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuniga
asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin