jazolanadi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik
ko‘rsatish
Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy
faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi
O‘RQ-719-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-
son)
Ushbu moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin
o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek
qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi
O‘RQ-719-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-
son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
uchinchi
va
to‘rtinchi xatboshilari
.
Dostları ilə paylaş: