Umumiy qoidalar


-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan
chiqaruvchi harakatlar
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki
ma’muriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil
qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum
qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-moddasi 
ikkinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
26-bandi
.
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga
bo‘ysunmaslik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o‘tayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi
ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi yoxud ma’muriyatning o‘z faoliyatini


amalga oshirishiga boshqacha yo‘sinda to‘sqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil
mobaynida jazoni o‘tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining
karseriga o‘tkazish tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga o‘tkazilganidan keyin sodir
etilsa, —
(221-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi
568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-
moddasi 
ikkinchi qismi

52

109-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-
dekabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib 
qoidalari
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin