Oldingi
tahrirga qarang.
229 -modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni
yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan
zonalarda
ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(229 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(229 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 99-moddasining
yettinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas
mulk obyektlarining
qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan
tarixiy-madaniy hududlarda, shu
jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy
madaniy meros obyektlari
hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma
olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(229 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: