bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum
qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(229 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
229 -modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yer uchastkasining noqonuniy olib qo‘yilishi olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi
binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini,
mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish
munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib
tashlashga sabab bo‘lsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki
ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda yoki juda ko‘p miqdorda
zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-667-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: