22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
230 -modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish) Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo‘qligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish
maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish
maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga
vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnika
vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-344-son “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining birinchi , oltinchi xatboshilari .