Umumiy qoidalar


-modda. Yolg‘on xabar berish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

237-modda. Yolg‘on xabar berish
Yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(237-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) g‘arazgo‘ylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
238-modda. Yolg‘on guvohlik berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda
guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib
yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri
tarjima qilishi —
(238-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi
O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y.,
03/19/542/3177-son)
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on
ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni
yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek
ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki
boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.


Ushbu moddaning 
birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar:
a) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(238-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 48-moddasining 
ikkinchi qismi
, 53-
moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 55-moddasining 
ikkinchi qismi
, 57-moddasining 
ikkinchi

uchinchi
qismlari
, 59-moddasining 
ikkinchi qismi
, 61-moddasining 
ikkinchi

uchinchi qismi
, 63-moddasining
ikkinchi qismi
, 66-moddasining 
ikkinchi

to‘rtinchi qismlari
, 66 -moddasining 
beshinchi qismi
, 68-
moddasining 
ikkinchi

to‘rtinchi qismlari
, 72-moddasining 
ikkinchi

uchinchi qismlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 7-son “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 
17-bandi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin