241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani
holda xabar bermaslik —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. 241 -modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish Oldingi tahrirga qarang. Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan
o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni
hisobga olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(241 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)