22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni
yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki
boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish,
payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)