22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish Xo‘jalik faoliyatida o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘it, o‘sish
biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan
foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki
baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 42- moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 18- moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 27-moddasining uchinchi
qismi , O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining to‘rtinchi qismi .