bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti
oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan
kuchga kiradi)
203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(203-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
19-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: