LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
26-bandi
.
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga
bo‘ysunmaslik
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o‘tayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi
ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi yoxud ma’muriyatning o‘z faoliyatini amalga
oshirishiga boshqacha yo‘sinda to‘sqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida
jazoni o‘tash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga o‘tkazish
tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga o‘tkazilganidan keyin sodir etilsa, —
(221-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi
568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-
moddasi
ikkinchi qismi
,
52
,
109-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-
dekabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan
mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib
qoidalari
”.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: