Umumiy qoidalar


-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

113-modda. Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish
(113-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(113-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish —


Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
 yoki 
ikkinchi
 qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan
besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV
kasalligi/OITSni yuqtirish —
(113-modda to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi
O‘RQ-248-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi
virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin