Umumiy qoidalar


-modda. Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

115-modda. Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash
Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sun’iy tushirilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(115-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
115 -modda. Insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga
rozilik berishga majburlash
Insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga
majburlash, zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan
huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy
tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir
etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(115 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
116-modda. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli
kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(116-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning
uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1


bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(116-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 30-
moddasining 
ikkinchi qismi
.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik
orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(116-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi
qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik
orqasida:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin