22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
257 -modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (257 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu
jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda
tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish,
karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat
davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar
va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini
uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib
chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
(257 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23- martdagi 176-son “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori .