22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish Oldingi tahrirga qarang. Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega bo‘lish, ularni saqlash, ulardan
foydalanish, ularni birovga o‘tkazish, ko‘rinishini o‘zgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga
o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(254-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(254-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish” qoidalari .