Umumiy qoidalar


-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish
Ruxsatnomada ko‘rsatilgan uchish yo‘nalishiga, qo‘nish joylariga, havo darvozalariga, uchish
balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(265-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 
IX bobi
(“Xalqaro parvozlar”).
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini
buzish
1
1
1
1


Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan
foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-
I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati 
qoidalari
”, O‘zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Avtomobilda
tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish tartibi
to‘g‘risidagi 
Nizom
”.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
6 — 13

17

19

20

22

24

26

28-
bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin