Umumiy qoidalar


 -modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

263 -modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit
berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit
berish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
shuningdek badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(263 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
116 -moddasi
.
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(263 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilagan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
264-modda. Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini
olib qochish yoki egallab olish
Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki
egallab olish —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin