Umumiy qoidalar


 -modda. Ozodlikni cheklash



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

48 -modda. Ozodlikni cheklash
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan
tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni
cheklashdan iborat.
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan
belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash
joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan
bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
(48 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud
mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini
o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va
ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek
uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy
qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning
o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq
yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan,
shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud
ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi
mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
8 -bobi 
(“Ozodlikni cheklash
tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
25 —
25 -bandlari
.
(48 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin