Umumiy qoidalar


 -modda. Majburiy jamoat ishlari



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

45 -modda. Majburiy jamoat ishlari
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga
majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy
jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi.
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va majburiy
jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha bo‘lgan muddatga
tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq
bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan
ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘taladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan
shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi
guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(45 -moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining
o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki
ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan
vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Ma’muriy
jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat
ishlari turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(45 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin