Umumiy qoidalar


-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan
bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.


 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
.
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan
shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan
yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir
jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli
tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat
deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan,
qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli
choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy foydali
natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi
mumkin bo‘lgan foydali natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka
sabab bo‘lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar
yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik
tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog‘liq holda bajarmaganligi banklar
va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin