UChINChI BO‘LIM QILMIShNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari 35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da,
lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan
holatlar deb topiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha
tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik;
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno
qiluvchi holatlar deb topiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 36 — 41-moddalari . 36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud
bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik
jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27- fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi .