Umumiy qoidalar


-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida
ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
23-bandi
.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik
darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo
etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan
chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning
qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan
harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
222-moddasi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin