33-modda. Jinoyatlar majmui
Ushbu Kodeks
Maxsus qismining
turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda
ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining
ikkinchi xatboshisi
,
3
,
5
,
6-bandlari
, 7-bandining
birinchi xatboshisi
,
8
,
11
,
12
,
13
,
15-bandlari
.
1
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks
Maxsus qismi
ayni bir moddasining turli
qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo
belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-
yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
27-bandi
.
34-modda. Retsidiv jinoyat
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi
jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
16
,
17
,
18
,
19-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida
ko‘rsatilgan hollarda esa,
Maxsus qismning
boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning
qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
20-bandi
.
Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin
bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har
biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir
yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv
jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
21
,
22
,
26
va
27-bandlari
.
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi birinchi qismining
8-
bandi
, 468-moddasi birinchi qismining
3-bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
22
,
25-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
22-bandi
.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning
boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning o‘n
sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda
belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining o‘tib ketganligi yoki olib tashlangan
sudlanganligi inobatga olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
22
,
24-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
uchinchi xatboshisi
.
Ushbu Kodeks
Maxsus qismining
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda
belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lsagina qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
28-bandi
.
Dostları ilə paylaş: |