Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga
yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
3-
bandi
.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik
ham ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi
moddasiga muvofiq hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-
maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining
13-bandi
.
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan
harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat
kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 28-
moddasining
ikkinchi qismi
.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida
boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: