Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

18-modda. Aqli rasolik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini
anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy holati
surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi
sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara
olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining 
yettinchi bo‘limi 
(“Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari”),
O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 
16-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy
kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18 -modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning
javobgarligi
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining
(harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli
raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud
tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin