Umumiy qoidalar


-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat
O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik
orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli
ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan
bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasada, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin
bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.
23-modda. Murakkab aybli jinoyat
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy
xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa,
bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
4-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan
shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
19-bandi
.
24-modda. Aybsiz holda zarar yetkazish
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va
lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning holatlariga
ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir
etilgan deb topiladi.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin