Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

44-modda. Jarima
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
15

16
,
17-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun
belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar
mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati
tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda,
sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat
bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash
miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p
bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti
baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 533-moddasining 
ikkinchi qismi

539-
moddasi
, 542-moddasining 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
5-bobi
(“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
30

32

32 -moddalari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin