Umumiy qoidalar


 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

41 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish
natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar
bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara
olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash
yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy
javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z
harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 
38-
moddasining 
qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
(41 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
TO‘RTINChI BO‘LIM
JAZO VA UNI TAYINLASh
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi
bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan
mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
1
1


Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish
hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi.
43-modda. Jazo tizimi
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar
qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
44-moddasi
.
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
b ) majburiy jamoat ishlari;
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan “b ”
band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v) axloq tuzatish ishlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
46-moddasi
.
g) xizmat bo‘yicha cheklash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
47-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(43-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d ) ozodlikni cheklash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
48 -moddasi
.
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuniga 
asosan “d ”
band bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
e) intizomiy qismga jo‘natish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
49-moddasi
.
j) ozodlikdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
50-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51-moddasi
.
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
 52-moddasi
.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy
xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
1
1
1
1
1


Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo
tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin