LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
beshinchi xatboshisi
.
Jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki
boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan
shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan
yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir
jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
asosli
tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat
deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
beshinchi xatboshisi
.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan,
qo‘yilgan
maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining
oldini olish uchun tegishli
choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy foydali
natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga
erishish natijasida olinishi
mumkin bo‘lgan foydali natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka
sabab bo‘lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining o‘zlariga ko‘rsatilgan
xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar
yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini
tadbirkorlik
tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog‘liq holda bajarmaganligi banklar
va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: