LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
26-bobi
(“Intizomiy qismga jo‘natish
tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism to‘g‘risida”gi
nizom
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining
uchinchi xatboshisi
.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni
ijro etish koloniyasi yoki
turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu
moddaning
uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p
bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan
odam o‘ldirish (97-moddaning
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi qismi
) uchun
tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat
sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
asosida uchinchi
va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
Ozodlikdan mahrum
qilish ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan bir necha
jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga
hamda oltmish yoshdan oshgan
erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tegishli
moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki
qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va
qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan
mahrum etishga hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-
411-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-
dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum
qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga
hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga
nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir
jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan
jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik
oqibatida jinoyat sodir
etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish
tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan,
shuningdek
qonunchilikka
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini
ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy
tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
IV bo‘limi
(“Ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
26 —
30-bandlari
.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli
Qonuniga
asosan
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: