Umumiy qoidalar


-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli
jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda
qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning 
uchinchi
qismi
) uchun belgilanadi.


Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir
etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
 V bo‘limi 
(“Umrbod ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm
qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega
bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida
kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 531-moddasining 
yettinchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
161-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy
harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining 
o‘ninchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
21-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 41-
bandining 
birinchi

uchinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuniga 
asosan
chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin