Umumiy qoidalar


-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

61-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish,
intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq tuzatish ishlari,
majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.
(61-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har
bir kunini:
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir
kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda
ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash
miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq,
ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning
muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida
ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin