Umumiy qoidalar


-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa,
sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay qolgan jazo
muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu
Kodeksning 
61-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil
tayinlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan
bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan
mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash


yoxud jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
 asosida uchinchi
va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo‘yicha cheklashga hukm
qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu
jazolarning faqat muddatlari qo‘shiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida
tayinlangan asosiy jazoga qo‘shib tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
54 —
59-bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin