22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
javobgarlikdan ozod qilish Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan
shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan,
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 2- bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat
sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi
lozim.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 8- bandi . (66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) Oldingi tahrirga qarang.