22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida
ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi . Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik
darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo
etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan
chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning
qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan
harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 222-moddasi .