22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
44-modda. Jarima Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.
Oldingi tahrirga qarang. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 15 , 16 , 17-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun
belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar
mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati
tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda,
sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat
bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan
almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash
miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p
bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti
baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 533-moddasining ikkinchi qismi , 539- moddasi , 542-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30 , 32 , 32 -moddalari .