Umumiy qoidalar


-modda. Intizomiy qismga jo‘natish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

49-modda. Intizomiy qismga jo‘natish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan
belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga
joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida nazarda
tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning
shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
1
1
1
6
1


 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
26-bobi 
(“Intizomiy qismga jo‘natish
tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism to‘g‘risida”gi
nizom
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki
turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu
moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p
bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan
odam o‘ldirish (97-moddaning 
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning 
uchinchi qismi
) uchun
tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat
sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
 asosida uchinchi
va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 
60-moddasida 
nazarda tutilgan bir necha
jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan
erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
tegishli
moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki
qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va
qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm
qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-
411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-
dekabrdagi 568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.


g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod
ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga
hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir
jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan
jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir
etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish
tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan,
shuningdek 
qonunchilikka 
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini
ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy
tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
IV bo‘limi 
(“Ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
26 —
30-bandlari
.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli 
Qonuniga 
asosan
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
 LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin