298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish
qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(298-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5.2-bandi . 299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan
foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5.3-bandi .