Umumiy qoidalar


-modda. Demokratizm prinsipi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir
etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 1-moddasi ikkinchi qismining 
yettinchi
xatboshisi

7
 va 
99-moddalari
.
7-modda. Insonparvarlik prinsipi
Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini
kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining
oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir
chorasi qo‘llanilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 42-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks 
Maxsus qismining 
tegishli moddalarida
nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo
choralari tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining 
XI bobi 
(“Jazo tayinlash”).
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 
28-bandi
.
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning
ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 
15-moddasi

V bobi
, 54-moddasining 
ikkinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
 1-bandi
.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining 
birinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin