22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari 69-modda. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda —
besh yil;
v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n
yil;
g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n besh yil
ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro
etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan kundan boshlab
hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir
etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini hisoblash yangi jinoyat
sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin
emas.
Oldingi tahrirga qarang. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar
o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar o‘tishini qo‘llashni lozim
topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.
(69-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning
150 — 157-moddalarida
, 158-
moddasining
birinchi qismida
, 159-moddasining
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
,
160
,
161
va
244 -
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(69-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son) LexUZ sharhi 2
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 2- bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14- noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari .