113-moddasining
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish),
115-
moddasida
(ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining
birinchi qismida
(xavf ostida qoldirish), 121-moddasining
birinchi qismida
(shaxsni
jinsiy aloqa
qilishga majbur etish),
122-moddasida
(voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash),
123-moddasida
(ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin
tovlash), 125-moddasining
birinchi qismida
(farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 126 -moddasining
birinchi
,
ikkinchi
,
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlarida
(oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik),
136-moddasida
(ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining
birinchi qismida
(zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-
moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
(tuhmat), 140-moddasining
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida
(haqorat qilish), 141 -moddasining
birinchi qismida
(shaxsiy hayot daxlsizligini buzish),
141 -moddasining
birinchi qismida
(shaxsga doir ma
�
lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish),
143-moddasida
(xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari
yoki boshqa xabarlarning
sir saqlanishi tartibini buzish),
148-moddasida
(mehnat qilish huquqini buzish),
149-moddasida
(mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining
birinchi qismida
(o‘zlashtirish yoki
rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining
birinchi qismida
(firibgarlik), 169-
moddasining
birinchi qismida
(o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi
qismining “
b
” va “
v
” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li
bilan mulkiy zarar
yetkazish),
172-moddasida
(mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining
birinchi qismida
(mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish),
180-moddasida
(soxta
bankrotlik),
181-moddasida
(bankrotlikni yashirish),
185 -moddasida
(elektr, issiqlik energiyasi, gaz,
vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),
189-moddasida
(savdo yoki xizmat ko‘rsatish
qoidalarini buzish),
191-moddasida
(qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki
undan
foydalanish),
192-moddasida
(raqobatchini
obro‘sizlantirish),
229-moddasida
(o‘zboshimchalik), 256-moddasining
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida
(tadqiqot faoliyatini amalga
oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining
birinchi qismida
(mehnatni muhofaza
qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining
birinchi qismida
(tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari
xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining
birinchi qismida
(yong‘in
xavfsizligi qoidalarini
buzish), 260-moddasining
birinchi qismida
(temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining
harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining
birinchi qismida
(transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-
moddasining
birinchi qismida
(transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish),
277-moddasining
birinchi qismida
(bezorilik), 298-moddasining
birinchi qismida
(mashinalarni
boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan
jinoyatlarni sodir etgan
shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa,
jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(66 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki
sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan
ozod qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-
oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarori
.
(66 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Dostları ilə paylaş: