70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs
namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini
yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 3- bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . Oldingi tahrirga qarang. 71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan
shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan
va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh
yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini
yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod
qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 6- bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat
sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod
qilinishi lozim.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)