Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

74-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan
shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jazo
turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan
mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan
jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan
sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo
muddatining kamida yarmini;
(74-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida
qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki
qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(74-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi
axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki
ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini o‘tab
bo‘lganlaridan keyin ushbu Kodeksning 
73-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan
muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangi
jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 
60-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq
jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
536-moddasi
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki
tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin