Umumiy qoidalar


-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan
ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan
iltimosnomasiga ko‘ra sud ushbu Kodeksning 
78-moddasida 
nazarda tutilgan muddatlarning
kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
178 — 184

185 — 185

189 — 192-moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlarni
sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar
yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 
78-moddasida
nazarda tutilgan muddatlarning kamida
to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-
dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
13 -bandi
.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
O‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan
shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil
mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan
taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
544-moddasi
.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 5-
bandining 
beshinchi xatboshisi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-
sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 
birinchi

uchinchi

to‘rtinchi xatboshilari

5

7

12

13-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar
tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi 
yettinchi
xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin