g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga
nisbatan sodir etilgan
bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v)
jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik
qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan
zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
e) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan
shaxsga nisbatan
sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(119-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-
oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi
13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
13-bandi
.
Dostları ilə paylaş: